Maxfiylik siyosati
Tahrir sanasi: 8-noyabr 2026, yakshanba
Ushbu siyosat kutamiz.com xizmati (sayt va Telegram-bot) qaysi shaxsiy ma'lumotlarni, nima uchun va qanday qayta ishlashini tushuntiradi. U «Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga (O'RQ-547) muvofiq tuzilgan va shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik matnini o'z ichiga oladi.
1. Operator
Shaxsiy ma'lumotlarning operatori va egasi — yakka tartibdagi tadbirkor KURMAYEV SALIX ILDAROVICH. Ma'lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish uchun tadbirkorning o'zi javobgar.
YaTT KURMAYEV SALIX ILDAROVICH, STIR (JShShIR) 51812006570018, davlat ro'yxatidan o'tkazilgan: 20.11.2026, № 8132174; г. Ташкент, Мирабадский район, Мироншох, 6 проезд, дом 45; kutamizuz@gmail.com; +998 94 687 10 77
2. Qaysi ma'lumotlarni qayta ishlaymiz
Taklifnoma egalari:
- telefon raqami, Telegram'dagi ism, Telegram foydalanuvchi va chat identifikatorlari, Telegram tili;
- taklifnoma mazmuni: kelin-kuyovning ismlari, tadbirlarning sanasi, vaqti va joyi, kelin-kuyov suratlari, to'yona uchun karta raqami va egasining ismi (agar kiritilgan bo'lsa);
- qabul qilingan hujjatlar tahriri va sanasi, bildirishnomalar sozlamalari.
Mehmonlar:
- ism (egasi yoki mehmonning o'zi kiritadi), egasi kiritgan telefon raqami (agar bo'lsa), til;
- javoblar (kelasizmi, hamrohlar soni), havola ochilgan vaqt, qabul qilingan shartlar tahriri va sanasi;
- eslatmalarga obuna bo'lganda — Telegram chat identifikatori va tili;
- mehmon yuklagan suratlar.
Texnik ma'lumotlar: sessiya va til cookie-fayllari, server jurnallaridagi IP-manzil va brauzer ma'lumotlari, xizmatdan foydalanish statistikasi.
Biz pasport ma'lumotlari, biometrik ma'lumotlar va maxsus toifadagi ma'lumotlarni yig'maymiz va suratlarda yuzlarni aniqlamaymiz.
3. Maqsadlar va asoslar
- Egasining xizmatga kirishi va taklifnomani yaratish, e'lon qilish — Egasi bilan shartnoma (ommaviy oferta) va uning roziligi.
- Mehmonlarga taklifnomani ko'rsatish, javoblar va suratlarni yig'ish, ularni egalariga ko'rsatish — mehmonning roziligi; egasi kiritgan ma'lumotlar uchun — operator va egasining qonuniy manfaatlari.
- Botdagi xabarnomalar va eslatmalar — rozilik.
- Xizmatni yaxshilash uchun statistika — rozilik va operatorning qonuniy manfaatlari.
- Xavfsizlik va qonun talablarini bajarish — qonun.
Egasi kiritgan mehmon telefon raqamidan biz mehmon bilan bog'lanish uchun foydalanmaymiz: u faqat egasi uchun ma'lumot.
4. Ma'lumotlar manbalari
Ma'lumotlarni o'zingiz, taklifnoma egasi (mehmonlar haqida) va Telegram (ism, identifikatorlar, siz yuborgan kontakt) beradi.
5. Kimlar ko'radi va kimga beramiz
- Taklifnoma egalari — o'z mehmonlarining javoblari va suratlarini.
- Havolasi bor har bir kishi — taklifnomada egalari ko'rsatgan ma'lumotlarni (ismlar, tadbirlar, suratlar, to'yona kartasi). Havola ommaviy ro'yxatlarda e'lon qilinmaydi, lekin uni boshqalarga yuborish mumkin.
- Taklifnoma mehmonlari — agar egalari ruxsat bergan bo'lsa, boshqa mehmonlar suratlarini.
- Xizmat ko'rsatuvchilar: Toshkentdagi xosting-provayder (server va zaxira nusxalar), PostHog (statistika, Germaniya), Telegram (bot xabarlari).
- Davlat organlari — faqat qonunda belgilangan hollarda.
Biz ma'lumotlarni sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz.
6. Ma'lumotlar qayerda saqlanadi
Ma'lumotlar bazasi, barcha suratlar va ularning zaxira nusxalari O'zbekistondagi serverlarda saqlanadi.
Statistika PostHog'ga (Frankfurt, Germaniya) yuboriladi. Germaniya Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 415-son qarori bilan tasdiqlangan, shaxsiy ma'lumotlarni yetarli darajada himoya qiladigan davlatlar ro'yxatiga kiritilgan. Mehmonlar uchun statistika ism va telefonsiz, IP-manzil saqlanmagan holda yuboriladi.
Bot xabarlari Telegram serverlari orqali o'tadi. Telegram O'zbekiston foydalanuvchilari ma'lumotlarini Niderlandiyada (ro'yxatda) saqlaydi, lekin ularni BAA va Britaniya Virgin orollaridagi affillangan shaxslarga (ro'yxatda yo'q) berishi mumkin. Botdan foydalanib, siz bunga rozilik bildirasiz. Suratlarni bot orqali yubormaymiz.
7. Saqlash muddatlari
- Egasining akkaunti — u xizmatdan foydalanayotgan va o'chirishni so'ramagan vaqtgacha.
- Taklifnoma va mehmonlar ro'yxati — taklifnoma mavjud bo'lgan vaqtgacha (arxivdagi sahifa muddatsiz ochiq qoladi) yoki o'chirish so'ralguncha.
- Mehmonlar suratlari — oxirgi tadbir kunidan keyin bir yil, so'ng o'chiriladi.
- Taklifnomadan olib tashlangan kelin-kuyov suratlari — yuklanganidan 7 kun o'tib o'chiriladi.
- Ko'rib chiqish havolalari — 24 soat; kirish urinishlari — muddati tugaganidan keyin bir kun; kirish sessiyalari — 180 kun.
- Server jurnallari — 30 kun.
- Eslatmalar uchun chat identifikatori — /stop buyrug'igacha yoki taklifnoma o'chirilguncha.
8. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik
Ofertani (egasi uchun) yoki mehmonlar uchun shartlarni qabul qilib, siz yakka tartibdagi tadbirkor KURMAYEV SALIX ILDAROVICHga (STIR 51812006570018) ushbu siyosatning 2-bo'limida sanab o'tilgan shaxsiy ma'lumotlaringizni 3-bo'limdagi maqsadlarda qayta ishlashga rozilik berasiz.
Rozilik ma'lumotlarni yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, to'ldirish, foydalanish, taklifnoma egalari va 5-bo'limdagi xizmat ko'rsatuvchilarga berish, jumladan 6-bo'limda ko'rsatilgan transchegaraviy uzatish, egasizlantirish va yo'q qilishni qamrab oladi.
Rozilik taklifnomada ko'rsatilgan ma'lumotlarni havola egalari ko'rishini ham qamrab oladi.
Rozilik 7-bo'limdagi muddatlarga ko'ra maqsadlarga erishilguncha yoki qaytarib olinguncha amal qiladi.
Surat yuklashga rozilik alohida belgi bilan beriladi.
9. Huquqlaringiz
Siz quyidagilarga haqlisiz: ma'lumotlaringiz qayta ishlanayotganini va ular haqida ma'lumot olish; ularni tuzatish; noaniq yoki noqonuniy olingan ma'lumotlarni qayta ishlashni to'xtatib turishni talab qilish; rozilikni qaytarib olish va ma'lumotlarni o'chirishni so'rash; vakolatli organga yoki sudga murojaat qilish.
So'rovlarni kutamizuz@gmail.com manziliga yoki +998 94 687 10 77 telefoniga yuboring. Tuzatish — 3 kun ichida; rozilik qaytarib olinganda o'chirish — keyingi ish kunidan kechiktirmay; ma'lumot berish yoki rad etish — 10 kun ichida.
Rozilikni u qanday berilgan bo'lsa, shunday yoki yozma ravishda (elektron pochta orqali ham) qaytarib olish mumkin. Eslatmalarga obunani botda /stop bilan bekor qilish mumkin. Egasining roziligi qaytarib olinsa, uning akkaunti va taklifnomalari o'chiriladi.
10. Himoya choralari
Ma'lumotlar shifrlangan aloqa kanallari (HTTPS) orqali uzatiladi; serverga kirish faqat operatorda; kirish tokenlari faqat xesh ko'rinishida saqlanadi; zaxira nusxalar muntazam olinadi; administrator harakatlari qayd etiladi.
Ma'lumotlar sizib chiqsa, qonunchilikda belgilangan muddatlarda (transchegaraviy uzatishda — 24 soat ichida, tafsilotlar 72 soat ichida) vakolatli organni va zarar ko'rgan foydalanuvchilarni xabardor qilamiz.
11. Cookie-fayllar va statistika
Sayt kirish uchun sessiya cookie-faylini (kz_session) va tanlangan til uchun cookie-faylni (kz_lang) ishlatadi; ularsiz sayt ishlamaydi.
Xizmat qanday ishlatilishini tushunish uchun PostHog statistikasidan foydalanamiz: qaysi sahifalar ochilgani va qaysi tugmalar bosilgani. PostHog brauzer xotirasida (localStorage) anonim identifikatorni saqlaydi; biz sizni ism yoki telefon bo'yicha aniqlamaymiz.
Konstruktorda seanslarni yozib olamiz — juftliklar qayerda qiynalayotganini ko'rish uchun; yozuvda barcha matnlar va kiritish maydonlari yashiriladi. Mehmonlar sahifalarida yozuv yo'q, statistika esa havolalarsiz va shaxsni aniqlamasdan yig'iladi.
Brauzerda skriptlarni yoki sayt ma'lumotlarini bloklab, statistikadan voz kechishingiz mumkin.
12. Telegram-bot
Bot ismingiz, foydalanuvchi va chat identifikatorlari, Telegram tilini, kirishda esa — siz yuborgan telefon raqamini oladi. Bularni faqat kirish, javoblar haqida xabarnomalar va eslatmalar uchun ishlatamiz.
Botga yozishni to'xtatish yoki ma'lumotlaringizni o'chirishni 9-bo'limdagi kontaktlar orqali so'rashingiz mumkin.
13. Voyaga yetmaganlar
Xizmat 18 yoshdan kattalar uchun mo'ljallangan. Voyaga yetmaganlar ma'lumotlari faqat ota-onalari roziligi bilan kiritiladi.
14. Siyosatni o'zgartirish
Yangi tahrir saytda sanasi bilan e'lon qilinadi. Muhim o'zgarishlar haqida egalarga botda xabar beramiz. Qayta ishlash maqsadi o'zgarsa, yangi rozilik so'raymiz.